
FIFA sobiq hakami "Atletiko" - "Real" uchrashuvidagi yana bir bahsli vaziyatga izoh berdi
FIFA sobiq hakami Eduardo Iturralde Gonsales UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Real" bahsidagi yana bir bahsli vaziyat borasida fikr bildirdi.
1:0 hisobi qayd etilgan uchrashuv ilk bahsdagi natija sababli (1:2) penaltilar seriyasigacha bordi va unda "Real" 4:2 hisobida zafar quchdi.
"Agar to‘p qo‘lga tekkan bo‘lsa ham bunday vaziyatda penalti berilmaydi. Bu qo‘lning tabiiy holati", - dedi Itturalde.
Eslatib o‘tamiz, 20-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng to‘p Juliano Simeonening qo‘liga tegdi. Uchrashuv bosh hakami Shimon Martsinyak ushbu epizod uchun penalti belgilamadi.
Fikrlar