
FIFA 20 Ronalduni Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshilari qatoriga kiritmadi
EA Sports kompaniyasi FIFA 20 uchun Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng kuchli futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.
Unga kutilmaganda, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu kiritilmadi.
Barcha futbolchlar ushbu simulyatorda yaxshilangan maxsus kartochkalarga ega bo‘lishdi.
Top-16 talikdan o‘rin olganlar ro‘yxati bilan tanishing: Lionel Messi (96), Kevin de Bryuyne (93), Garri Keyn (92), Robert Levandovskiy (92), Kilian Mbappe (91), Mark-Andre ter-Shtegen (91), Muhammad Salah (91), Serxio Ramos (90), Kalidu Kulibali (90), Raxim Sterling (89), Dris Mertens (89), Son Xin-Min (89), Xakim Ziesh (87), Lautaro Martines (86), Korenten Tolisso (85), Erling Xolann (84).
Fikrlar