
"FIDE jahon kubogi": 2 nafar hamyurtimiz keyingi bosqichda, yana bittasi tay-brekda dona suradi
Xabar berib o‘tganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir - "FIDE jahon kubogi" bo‘lib o‘tmoqda. Kecha o‘tkazilgan birinchi bosqich 2-o‘yinlarida Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev raqiblarini mag‘lub etib, 2-turga yo‘l olgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov yana durang o‘ynadi. U bugun tay-brekda dona suradi. Musobaqada ishtirok etayotgan Nilufar Yakubboeva afsusku o‘z ishtirokini yakunladi.
Shamsiddin Vohidov 1 - 1 Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) (tay-brek o‘tkaziladi)
Javohir Sindarov 2 - 0 Deng Kipriano Rean (JAR)
Nodirbek Yakubboev 2 - 0 Malek Koniaxli (Misr)
Nilufar Yakubboeva 0.5 - 1.5 Eva Repkova (Slovakiya)
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqori bo‘lgani uchun 2-raunddan bahslarga kirishadi.
Fikrlar