
"Fenerbaxche" O‘zilni ijaraga olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil katta ehtimol bilan joriy transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 30 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga ortiq qiziqish bildirishmayapti. O‘zilga esa “Fenerbaxche”dan takliflar bo‘lmoqda. Turk klubi uni bir yilga ijaraga olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, O‘zil “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum APLda jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar