
"Fed Cup" ham qoldirildi
Ayollar terma jamoalari o‘rtasida o‘tadigan Federatsiyalar Kubogining final bosqich bahslari koronavirus sababa noma’lum muddatga qoldirildi.
"Fed Cup" turnirining final bosqichi joriy yilning 14-19 aprel kunlari Budapesht shahrida o‘tkazilishi kerak edi biroq, dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus sabab musobaqa tashkilotchilari ushbu musobaqani o‘tkazmalikka qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Vengriya hukumati koronavirus tarqalishi sabab mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilgan.
Fikrlar