“Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasiga transferiga qarshiman!”

  • 28 iyul, 2023, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev tez orada Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKA jamoasiga o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Poytaxt klubi bosh direktori Dmitriy Adisman Rossiyaning “Sport24” nashri jurnalisti  Vladislav Shapiro bilan suhbatda 19 yoshli hujumkor futbolchining transferi borasida ma’lumot berib, o‘z pozitsiyasini ham bildirib o‘tdi.

volga

- Hozircha, biz TsSKa klubi bilan muzokaralar jarayonidamiz. Rossiya klubi bizga Abbosbek Fayzullaev transferi bo‘yicha xat yo‘llagan.

Klubimiz bu futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmagan edi, lekin o‘y nchining o‘zi Rossiya Premer-ligasi darajasidagi klubga o‘tish istagini bildirdi. Abbosbek shartnomada muayyan badal summasi ko‘rsatilgan banddan foydalanmoqda.

Fayzullaev o‘zining qarorini o‘sishni istayotgani bilan izohlamoqda. Kim unga bu fikrni singdirganini bilmayman. Lekin haqiqatan ham, Fayzullaevga boshqa klublardan juda katta qiziqish bo‘layotgani rost.

Futbolchi hali jamoa bilan xayrlashgani yo‘q. Har holda u bu ishni ertaga, biz TsSKA bilan barcha detallar bo‘yicha kelishib bo‘lganimizdan keyin amalga oshiradi.

Men o‘yinchining Moskvaga qachon borishini bilmayman, biroq kelajagi bo‘yicha hammasi ayon bo‘lib qoldi.

Fayzullaev – yosh futbolchi, biroq asosiy tarkib o‘yinchisi. Bu biz uchun haqiqatan katta yo‘qotish. Lekin TsSKA uchun bu transfer qanchalar darajada muhimligi aniq emas. Men rahbar sifatida Abbosbek Rossiya Premer-ligasi singari shiddatli ligaga o‘tishiga umuman qarshiman.

Bizning bu futbolchi borasida juda katta rejalarimiz va maqsadlarimiz bor edi, - dedi klub bosh direktori Dmitriy Adisman.

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi ikki mavsumdan beri jamoaning asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda.

19 yoshli o‘yinchi klublar miqyosida O‘zbekiston chempionatida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

Shuningdek, Fayzullaev Osiyo Chempionlar ligasida beshta o‘yinda o‘z hisobiga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi.

Iqtidorli futbolchi O‘zbekiston kubogi musobaqasida uchta bahsda ikki marta darvoza to‘rini aniq nishonga oldi.

Abbosbek Fayzullaev Toshkentda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va Argentina mezbonlik qilgan jahon chempionatida o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qilib, bir necha klublar e’tiboriga tushgan o‘yinchilardan hisoblanadi.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

U yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etila boshladi va uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p ham kiritdi.

Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha imzolangan.

Ta’kidlash joizki, ayrim mutaxassislar TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov qo‘llaydigan o‘yin uslubi va Rossiya Premer-ligasining jismoniy kurashlarga asoslanganini inobatga olib, Abbosbek Fayzullaevning tanlovi o‘zini oqlamasligi ehtimoli borligini ta’kidlamoqda.

Legionerimiz chempion bo‘lmoqchi!

“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

Futbolchimiz Ispaniyaga ketishi kerak, u La Ligada aniq o‘ynay oladi...

“Lans” Husanovga asosiy tarkibdan joy ochyapti

Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmadi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farhod Ziyayev
28/07/2023 23:12
Тугри, озгина Пахтакорда туп суриш керак, Россия клубига утиш шошма - шошарликми дейман.
&
Beks0611
28/07/2023 21:10
Rossiyaga o‘tmaslik kerak Abbos senga Germaniyadan, Ispaniyadan jamoalar keladi hali