Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!

  • 25 aprel, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev qisqa fursatda “armiyachilar”ning etakchi o‘yinchisiga aylandi.

Hujumkor futbolchimiz legioner sifatidagi dastlabki mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining eng yorqin kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

Joriy mavsumning birinchi yarmida ham 21 yoshli hamyurtimiz TsSKAning o‘yinlarida muhim figura bo‘lib kelgan edi. Biroq qishki tanaffumda “armiyachilar” bosh murabbiyi Marko Nikolich jamoaning o‘yin sxemasini keskin o‘zgartirdi.

Bu yangiliklar Abbosbek Fayzullaev o‘yiniga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Legionerimizning maydondagi joyi va vazifalari o‘zgardi, qiladigan ishi ko‘paydi. Hozir ham Abbos yangi ampluaga moslashish jarayonini boshdan o‘tkazyapti. Tabiiyki, bularning bari uning o‘yinining vaqtincha pasayishiga olib keldi.

Rossiya futboli ekspertlari bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Vladimir Ponomaryov, TsSKA sobiq himoyachisi:

Abbosbek Fayzullaev keyingi paytda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelyapti. Bu yaxshi futbolchi, bor-yo‘g‘i 21 yoshda! U ham jismonan, ham ruhan toliqib qoldi. Uni rosa maqtashgan, “Real” darajasidagi o‘yinchiga chiqarib qo‘yishgandi.

Zo‘r futbolchi bo‘lish uchun yo‘lni boshida turgan o‘yinchilarga alohida e’tibor bilan yondashish lozim. Chunki ularning o‘ziga xos dunyoqarashi bo‘ladi. Ko‘p maqtab bo‘lmaydi, aksincha, har bir o‘yindan keyin o‘ziga tanqidiy baho berishni singdirish kerak. Ular o‘z ustida ishlashi va xatolarini tuzatishi kerak.

Fayzullaev hali yosh. Ba’zan unga ortiqcha yuklama berib yuborilyapti. Hozircha uni jamoadagi markaziy figuraga aylantirmaslik kerak edi. Uni jismoniy yuklamalarga bir maromda tayyorlab borsa bo‘lardi. Organimzni tiklanishini kutish va shundan keyin uni ishga solish lozim. Mana shunaqa xato yondashuvlar tufayli Abbosda jismoniy pasayishlar yuzaga keldi. Endi tiklanishini kutishga to‘g‘ri keladi.

Aleksandr Grishin, TsSKAning sobiq futbolchisi:

Abbosbek Fayzullaev – vinger, ya’ni qanot hujumchisi. Qanotlarda o‘zini juda erkin his qiladi. Hozir TsSKA uni boshqa pozitsiyaga qo‘yapti va vazifalarini qiyinlashtirib yuboryapti.

Shu bois, keyingi paytda Abbosbek maydonda “yo‘qolib”, ko‘rinmay qolyapti. Ilgari Fayzullaev juda erkin o‘ynar edi.

Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
25/04/2025 08:41
муаммо Аббосда эмас, уни ишлатишни билмаган тренерда