Fayzullaev Evropaning eng kuchli jamoalarida to‘p tepmoqchi

  • 16 iyun, 01:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev kelajakda Evropa klubida o‘ynash orzusi borligini tan oldi. Bu haqda legionerimiz rossiyalik jurnalist va sharhlovchi Nobel Arustamyanga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

- Kelajakdagi faoliyatingizni qanday tasavvur qilasiz? Siz TsSKA o‘yinchisisiz, lekin "Bavariya" haqida bejiz gapirmadim, sababi ma’lumotlarga ko‘ra, siz O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaganingizda "Bavariya" skautlari sizni kuzatishgan ekan.

- Hozirda TsSKAdaman va shartnomam bor, ammo doimo Evropada o‘ynash maqsadim bo‘lgan. Vaqti kelganda Evropaning eng kuchli jamoalarida o‘ynashni xohlayman.

- Shomurodov "Rostov"ga 100 ming yoki 150 ming evroga o‘tdi. Husanov Belorussiya klubiga 200 ming evroga o‘tgan. Siz esa, menimcha, 500 ming evroga o‘tdingiz. Shomurodovning eng yuqori narxi "Rostov"da 3-4 yil o‘tib 20 million evro, Husanovniki esa 3 yildan keyin 45 million evro bo‘ldi. Siz hozirning o‘zida qanchaga baholanasiz?

- Hozirmi? Taxminan 8 million evro bo‘lsa kerak. 50-75 million evrogacha ko‘tarilishim mumkin. Balki 100 million ham bo‘lar. 2 yildan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi Fayzullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!