Farhod Nishonov: "Bu borada O‘FA bizni qo‘llab-quvvatladi"

  • 20 sentabr, 2024, 12:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Saralash bosqichi haqida

Oldimizda bizni juda ham ajoyib o‘yinlar kutib turibdi. Barchani futbol bayrami bilan tabriklayman. Ushbu bosqichga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, chunki maqsadimiz aniq. Oldimizga har bir o‘yinda g‘alaba qozonib, o‘z o‘yin uslubimizni yo‘lga qo‘yish, futbolchilarimizning mahorat va tajribasini oshirish, eng asosiysi, yurtimizning obro‘sini yanada mustahkamlash vazifasini qo‘yganmiz.

Tayyorgarlik haqida

Aytganimdek, etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik. Bu borada O‘FA bizni qo‘llab-quvvatladi. Barchasi reja bo‘yicha davom etmoqda, saralash bosqichida kerakli natijani qo‘lga kiritishimizga ishonamiz.

Tarkib haqida

Futbolchilarga kelsak, tarkibimizda tajribali futbolchilar bilan bir qatorda, hali o‘zini ko‘rsatmagan, biroq iqtidorli futbolchilar etarli. O‘ylashimcha, bu kabi o‘yinlar ular uchun ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etishlariga xizmat qiladi. Barcha jamoalarga omad tilayman", - dedi Nishonov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!