FAKT! "Dinamo" hali Namanganda g‘alaba qozonmagan!

  • 8 mart, 13:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining ilk turida "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida “Dinamo” (Samarqand)ni qabul qiladi.

Tecno

Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 52 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan. 

Ushbu bahslarda namanganliklar 30, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 92-44, “Navbahor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 99, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.   

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0  hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan. E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan. Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 26 ta uchrashuv o‘tkazgan. 

Ushbu o‘yinlardan 20 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan. Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan. Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati -  59-11, "lochinlar" foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” o‘yini 9 mart kuni soat 19:30 start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!