
Fabritsio Romano: Dembele PSJ futbolchisi
Usmon Dembele PSJga o‘tishga juda yaqin turibdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Parijliklar uning 50 million evrolik tovon pulini faollashtirdi. 26 yoshli vinger tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer rasman e’lon qilinadi.
Usmonning o‘zi PSJ bilan 2028 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan. U ayni paytda Frantsiyaga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Dembele 2017 yilda "Borussiya"dan "Barsa"ga 140 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar