Fabregas: "Chelsi" shu futbolchini sotib olsa, kuchayib ketadi

  • 25 dekabr, 2022, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Sesk Fabregas sobiq jamoasi "Chelsi"ga "RB Leypsig"dagi hamyurti Dani Olmoga e’tibor qaratishni maslahat berdi.

Tecno

“Olmo “aristokratlar”ni yaxshigina kuchaytirishi mumkin. Bu ularning hozirgi taktik sxemasi uchun ajoyib transfer bo‘ladi”, - dedi Fabregas London.Football nashri bergan intervyusida.

Oldinroq matbuotda Olmoga "Barselona"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli yarim himoyachining nemis klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi esa 40 million evroga baholanmoqda.

Dani Olmo joriy mavsum Germaniya chempionatining 10 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!