Evropadagi legionerlar reytingiga Shomurodov ham kiritildi

  • 19 mart, 2024, 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli  transfermarkt.world portali futbolchilarning transfer summasiga oid turli reytinglarni tuzish va e’lon qilishga ham alohida e’tibor qaratadi.

Tecno

Ushbu tashkilot ekspertlari sobiq Ittifoq hududidan etishib chiqqan va ayni paytda Evropa ligalarida to‘p tepayotgan futbolchilarning reytinglarini e’lon qildi.

Kuchli beshlik chempionatlariga kiruvchi – Italiya A Seriyasida o‘ynayotgan sobiq Ittifoq mamlakatlari vakillaridan eng qimmatbaho o‘yinchi sifatida amaldagi chempion – “Napoli” hujumkor futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya peshqadamlik qilmoqda.

Gruziyalik yulduzning bugungi kundagi transfer summasi 80 million evroni tashkil qilmoqda. Xvicha Italiyaga Rossiya chempionatidan yo‘l olgan.

Kuchli uchlikka “Jenoa”da o‘ynayotgan ukrainalik Ruslan Malinovskiy va “Atalanta”ning rossiyalik legioneri Aleksey Miranchuk qayd etildi. Malinovskiy hozir 10 million, Aleksey 9 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsum chempionlikka da’vogarlik qilayotgan “Inter”ning armanistonlik legioneri Genrix Mxitaryan 6 million evrolik transfer summasi bilan to‘rtinchi o‘ringa joylashtirishdi.

O‘z davrida  transfermarkt.world  portalidagi eng yuqori ko‘rsatkichi 14 million evrogacha ko‘tarilgan Eldor Shomurodov  bu gal reytingda beshinchi o‘rinda qayd etilgan. “Kalyari”da endigina ishlari yurisha boshlagan legionerimiz avvalgi ikki mavsumni bo‘sh o‘tkazgani bois narxi 5 million evrogacha pasaygan edi.

Shuningdek, reytingga “Torino”dan gruziyalik Saba Sozonov va litvalik Gvidas Gineytis, “Empoli”dan ukrainalik Viktor Kovalenko va gruziyalik Saba Goglichidze, “Frozinone”dan gruziyalik Giorgi Kvernadze kiritilgan.

Shuningdek,  transfermarkt.world portali mutaxassislari Turkiyan Superligasida o‘ynayotgan sobiq Ittifoq hududidan etishib chiqqan futbolchilarning transfer narxlari bo‘yicha reytingini ham tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda “Beshiktosh” sharafini himoya qilayotgan Baxtiyor Zaynutdinov qayd etilgan. Asl millati o‘zbek bo‘lgan qozog‘istonlik charm to‘p ustasining transfer summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Zaynutdinov Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng qimmatbaho futbolchisi hisoblanadi.

Ushbu reyting o‘nligiga Turkiya klublarida to‘p tepayotgan uch nafar futbolchimizning barchasi kiritildi. “Fotih Karagyumryuk” safidagi faoliyatini yakunlab, boshqa turk klubi – “Kayserispor”dan qo‘nim topgan Otabek Shukurov reytingda ikkinchi pog‘onada qayd etilgan. Tajribali yarim himoyachi 2,5 million evroga baholanmoqda.

“Rizespor” jamoasida o‘ynab kelayotgan Husniddin Aliqulov 1,2 million evro narx bilan to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan.

Qatardagi Osiyo kubogidan keyin “Sivasspor” tarkibiga qo‘shilgan Azizbek Turg‘unboev reytingda oltinchi qatorga joylashtirildi. 29 yoshli yarim himoyachining transferi 950 ming evroni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, kuchli o‘nlikka “Xatayspor”dan ozarbayjonlik Renat Dadashov, gruziyalik Grigori Abudjaniya, “Adana Demirspor”dan qozog‘istonlik Abat Aymbetov, ozarbayjonlik Shahrudin Magomedaliev, “Galatasaroy” yoshlar jamoasidan qirg‘izistonlik Beknaz Almazbekov va “Istanbulspor”dan litvalik Modestas Vorobyovas kiritilgan.

Fayzullaev “gapi”ga javob berdi

“Lans” Husanovni kuzatib qo‘yadi

Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?

Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?

Shomurodovning noyob xislati e’tirof etildi

A Seriya: Shomurodov va ro‘za tutayotgan yulduzlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
18/03/2024 07:33
Жиронади Довбик йукми