Evropadagi legionerimiz diskvalifikatsiya qilindi

  • 16 dekabr, 2024, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiya Superligasida “Sivasspor” klubi sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Azizbek Turg‘unboev jamoasi bilan 16-turda “Bodrumspor” klubi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv sivasliklar uchun omadsiz yakunlandi. Chempionat autsayderlaridan bo‘lgan bodrumliklar uchrashuvda raqib darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu bahs oldidan “Sivasspor” vakillaridan Azizbek Turg‘unboev, Rey Manay, Fode Koyte, Xarilaos Xarisis hisobida uchtadan sariq kartochka yig‘ilib qolgani uchun “Bodrumspor”ga qarshi ehtiyotroq bo‘lib o‘ynashi talab etilardi.

Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Azizbek Turg‘unboev zaxiraga olinishidan bir daqiqa avval, ya’ni 89-daqiqasida sariq kartochka bilan jazolandi.

30 yoshli legionerimizda ogohlantirishlar soni to‘rttaga etgani bois, navbatdagi turga diskvalifikatsiya qilinadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi 22 dekabr kuni “Samsunspor” bilan bo‘ladigan bahsda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Shunindek, Bodrumdagi uchrashuvda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan Urosh Radakovich ham “Sivasspor”ning navbatdagi o‘yinida qatnashmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Azizbek Turg‘unboev joriy yil boshida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogidagi o‘yinlari evaziga Turkiya klubi e’tiboriga tushganidan keyin, fevral oyida “Sivasspor”ga ko‘chib o‘tdi.

Legionerga aylanganugiga qadar namanganlik futbolchi O‘zbekiston Superligasida “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalarida o‘ynagan.

Maydonda bir necha pozitsiyadan o‘ynay oladigan universal futbolchimiz O‘zbekiston chempionatida 175 ta uchrashuvda 35 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘lgan edi. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda 45 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga  to‘qqizta gol va beshta assist yozdirib qo‘ygan.

Azizbek Turg‘unboev “Sivasspor” tarkibiga borib qo‘shilganidan beri Turkiya chempionatida hozirga qadar 27 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan va jamoadoshlariga uchta golli pas bergan.

30 yoshli o‘yinchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilning may oyidan beri o‘ynab kelmoqda. U xalqaro miqyosda hozirga qadar 37 marotaba maydonga tushib, Tailand darvozasini ikkita uchrashuvda bir marotabadan ishg‘ol qilgan. Shuningdek, Azizbek Avstraliya va Meksika singari kuchli terma jamoalar bilan bo‘lgan o‘yinlarda ham raqib darvozasini aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali ekspertlari tajribali o‘yinchimizni bir million evroga baholamoqda. Uning “Sivasspor” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

Fayzullaev jamoasiga kutilmagan xushxabar!

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

VAR Husanovni qutqargan uchrashuvda Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

Ana xolos: Fayzullaevga “top-5” ligalariga bormaslik tavsiya qilindi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!