Evropadagi eng zo‘r futbolchi bizda o‘ynayapti!

  • 4 yanvar, 2022, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem” bosh murabbiyi Devid Moyes jamoasi etakchisi Deklan Raysni o‘z pozitsiyasi bo‘yicha Evropada eng zo‘r o‘yinchi ekanini ta’kidlamoqda.

Tecno

Tajribali murabbiy, 22 yoshli shogirdini birorta futbolchiga almashtirmasligini aytmoqda.

- Undan zo‘r yarim himoyachini topish juda qiyin. Deklanning o‘yinini sinchiklab tahlil qilgan odam ehtimol “U pas oshirishda yanada aniqroq o‘ynashi kerak”,  der. Unga Frenki de Yong yoki Jorjinoni o‘rnak qilib ko‘rsatishingiz ham mumkin.

Biroq, uning o‘yinini boshqa tomonlariga qarasak, men bilan o‘yinchilar orasida hech kimga imkoniyat bermaydi. Men uning to‘pni qabul qilib olish va maydon bo‘ylab harakatlanishdagi mahoratini nazarda tutyapman. Deklan o‘xshagan boshqa yarim himoyachini ko‘rmaganman. Rays ko‘pqirrali futbolchi. U yanada kuchayishga qodir, - dedi Devid Moyes.

Deklan Raysga Angliyaning o‘zidan deyarli barcha grand klublar xaridor bo‘lmoqda. “Vest Xem” o‘z etakchisi uchun 100 million funt talab qilayotgani uning boshqa jamoaga o‘tishiga to‘siq bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!