
Evropa o‘yinlarida Rossiya medallar jamg‘arish bo‘yicha yaqqol etakchilik qilmoqda
Ayni kunlarda Belarus poytaxtida ikkinchi Evropa o‘yinlari davom etmoqda. 25 iyungacha bo‘lgan vaqt orilig‘ida bir qator sport turlari bo‘yicha medallar jamlanmasi o‘ynalib, g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha terma jamoalarning o‘rniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Rossiya termasi bu borada yaqqol etakchilik qilmoqda. Rus sportchilari hisobida 24 ta oltin, 13 ta kumush va 16 ta bronza, jami 53 ta medal mavjud. Ikkinchi o‘rinni 14 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medallari bilan mezbonlar band etib turgan bo‘lsa, 6 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan Gruziya termasi kuchli uchlikni yakunlab bergan. Ayni paytgacha 50 mamlakatdan 35 tasi medallar jamg‘ara oldi.
Fikrlar