Evropa o‘yinlari-2019. Medallar jamlash bo‘yicha holat qanday?

CHERY AUTO

Belarus poytaxtida ikkinchi Evropa o‘yinlari start oldi. Ayni paytgacha bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Tabiiyki, ular orasida musobaqaning dastlabki medallar komplekti qaysi terma jamoaga nasib etishi ko‘pchilikning diqqat markazini tortdi.

Tecno

Musobaqaning dastlabki medallar shodasi pnevmatik to‘pponchadan 10 metr masofadan o‘q otish bahsida o‘ynaldi. Aralash juftlik yo‘nalishida kechgan bahsda rossiyalik merganlar g‘alaba qozonishdi. Ularning ushbu medali rossiyalik sportchilar uchun musobaqada hozircha yagona bo‘lib turibdi. Kechki dasturda ushbu terma jamoa vakillari dzyudo sportida ham medal olishi kutilmoqda.

Medallar “poygasi”ning onlayn holati bo‘yicha Belarus termasi etakchilik qilmoqda. Mezbonlar hisobida hozircha 1 tadan oltin va kumush medallari mavjud. Shuningdek, Frantsiya hamda Buyuk Britaniya delegatsiyalari hisobida ham bittadan oltin medal bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!