
Evropa chempionatiga Qozog‘iston mezbonlik qilishi mumkin
UEFA Litva va Latviyaning Belarus terma jamoasini o‘z maydonlarida qabul qilishdan bosh tortgani sababli futzal bo‘yicha Evropa chempionatini boshqa mamlakatga ko‘chirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Turnir 2026 yil 18 yanvardan 8 fevralgacha Riga va Kaunasda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Beloruslar saralash guruhida birinchi o‘rinni egallab, chempionatga yo‘llanma olgan. Litva futbol federatsiyasi prezidenti Edgars Stankyavichyusning aytishicha, UEFA muammoni hal qilishning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq turnirni boshqa joyga ko‘chirishni ham istisno etmayapti.
"Bunday variant, albatta, mavjud. To‘g‘ri, bu so‘nggi chora, biroq, u ham haqiqiy imkoniyat," - deya Stankyavichyusning so‘zlarini keltiradi "Sputnik".
Ma’lum bo‘lishicha, agar shunday bo‘lsa, Qozog‘iston Evropa chempionatini o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.
Fikrlar