
"Evro-2024" saralash. Frantsiya kutilmaganda ochko yo‘qotdi, Niderlandiya 6:0 hisobida g‘alaba qozondi
"Evro-2024" saralashining so‘nggi turi ham o‘z nihoyasiga etdi. Unda Frantsiya Gretsiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Niderlandiya Gibraltar ustidan 0:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Gretsiya - Frantsiya uchrashuvida hisobni Muani ochdi. Mezbonlar esa ikkita gol bilan javob qaytardi. 74-daqiqada esa Fofana imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, frantsuzlar guruhda 22 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi.
Gibraltar - Niderlandiya bahsida Stengs xet-trik qilgan bo‘lsa, Viffer, Kopmeyners va Gakpolar bittadan gol urdi.
Ushbu g‘alaba orqali Niderlandiya 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.
Fikrlar