Evra: "Fernandeshni sotish — katta xatolik bo‘ladi"

  • 14 may, 14:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa sardori Brunu Fernandeshning ehtimoliy ketishiga qarshi chiqdi.

Tecno

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi portugaliyalik yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirgani xabar qilingandi.

"Ruben Amorim raqobatbardosh jamoa tuzishni istayapti. Brununi qo‘llab-quvvatlaydigan yarim himoyachilar, yaxshi hujumchi va ko‘proq himoyachilar kerak.

Uni qo‘yib yuborish — katta xatolik bo‘ladi. Odamlar uning yoshini muhokama qilayapti — unga endigina 30 yosh. U jamoamizning eng muhim o‘yinchisi. Agar u bo‘lmaganida, Evropa ligasiga finaliga etib bora olmasdik" — dedi Evra "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum qizil iblislar safida 54 ta bellashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 19 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!