"Everton" to‘purari jarohat oldi
"Everton" klubi murabbiyi Dankan Fergyuson kecha "Tottenxem"ga (5:4) qarshi o‘yinda jamoa hujumchisi Dominik Kalvert-Levin jarohat olganini tasdiqladi.
“Ha, aftidan, Dominikning tizzasida jarohati bor. Ammo biz hali aniq ma’lumot olmadik. Bu uning uchun biroz muammo bo‘lishi mumkin”, - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Kalvert-Levin “shporlar”ga qarshi o‘yinning 55-daqiqasida zaxiraga olindi. Ushbu vaqt mobaynida u 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi.
Dominik joriy mavsum “Everton” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 18 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar