"Everton" salkam ikki asr oldingi rekordini takrorladi

  • 3 oktabr, 2020, 21:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 4-turida "Everton" jamoasi "Brayton"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlari mavsum startidagi 7 uchrashuvning barchasida g‘alabaga erishdi — 4 ta APL, 3 ta kubok o‘yinida shunday natija qayd etildi.

Tecno

Qayd etish joiz, "irislar" o‘z tarixida ikkinchi bor bunday natijaga erishdi. Bunday holat ilk bor 1894/95 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. Shuningdek, "Everton" 1987 yildan buyon birinchi marta qatorasiga 7 ta bahsda g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!