
ESPN: XXI asrning eng kuchli jamoalari aniqlandi – 1-o‘rinda "Bavariya"
ESPN nashri XXI asrning eng yaxshi jamoalari reytingini e’lon qildi. Reytingni tuzishda Evropa etakchi ligalaridagi jamoalarning o‘yinlari tahlil qilingan. Unda o‘yinda to‘plagan o‘rtacha ochkolar (60%) va to‘plar farqi (40%) hisobga olingan. Shundan so‘ng har bir chempionatning qiyinlik darajasi koeffitsientga ko‘ra aniqlanib, natijalarga ta’sir qilgan.
Shuningdek, Chempionlar ligasida erishilgan natijalar ham hisobga olingan: 1/8 finaldan boshlab g‘alabagacha bo‘lgan bosqichlarda jamoalar bonus ochkolari bilan taqdirlangan. Yakuniy reytingda ichki chempionatlardagi natijalarga 70%, EChLdagi yutuqlarga esa 30% ahamiyat berilgan.
XXI asrning eng kuchli jamoalari (1–25):
1. "Bavariya" – 2012/13
2. "Barselona" – 2014/15
3. "Real Madrid" – 2011/12
4. "Barselona" – 2010/11
5. "Liverpul" – 2018/19
6. "Real Madrid" – 2015/16
7. "Bavariya" – 2013/14
8. "Barselona" – 2012/13
9. "Barselona" – 2011/12
10. "Manchester Siti" – 2017/18
11. "Real Madrid" – 2014/15
12. "Bavariya" – 2019/20
13. "Barselona" – 2009/10
14. "Barselona" – 2015/16
15. "Manchester Siti" – 2018/19
16. "Real Madrid" – 2016/17
17. "Manchester Siti" – 2021/22
18. "Liverpul" – 2021/22
19. "Barselona" – 2008/09
20. "Bavariya" – 2015/16
21. "Manchester Siti" – 2022/23
22. "Real Madrid" – 2013/14
23. "Barselona" – 2016/17
24. "Real Madrid" – 2023/24
25. PSJ – 2024/25
Fikrlar