
Eron chempionati. "Persepolis" yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi. O‘runov 77 daqiqa harakat qildi
Eron chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Persepolis" - "Sanat Naft" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tehronliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Legionerimiz Oston O‘runov 77 daqiqa harakat qildi. "Persepolis" "Istiqlol"dan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda 52 ochko bilan turnir jadvalida etakchiga aylandi.
Masharipov harakat qilayotgan "Istiqlol" jamoasi o‘z o‘yinini ertaga o‘tkazadi.
Fikrlar