
Erik ten Xag yangi jamoasida ishdan ozod etilganiga jiddiy munosabat bildirib, bayonot bilan chiqdi
"Bayer" bosh murabbiyligidan ozod etilgan Erik ten Xag bayonot bilan chiqdi:
"Bugun ertalab "Bayer Leverkuzen" rahbariyatining meni lavozimdan chetlatish qarori men uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘ldi. Liganing atigi ikki uchrashuvidan so‘ng murabbiy bilan yo‘lni ajratish – bu misli ko‘rilmagan holat.
Bu yozda jamoaning ilgargi muvaffaqiyatlariga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab asosiy futbolchilar tarkibni tark etdi. Yangi, uyg‘un jamoa qurish esa vaqt va ishonch talab qiladigan o‘ta ehtiyotkor jarayon. Yangi murabbiyga o‘z g‘oyalarini joriy etish, standartlarni belgilash, jamoani shakllantirish va o‘yin uslubiga o‘z izini qoldirish uchun imkon berish kerak edi.
Men bu ishni to‘liq ishonch va energiya bilan boshlagan edim. Ammo afsuski, rahbariyat menga kerakli ishonch va vaqtni berishni istamadi. Bu hol men uchun juda ham afsuslidir. Menimcha, bu munosabat hech qachon o‘zaro ishonchga asoslanmagan.
Faoliyatim davomida har bir mavsumda murabbiy sifatida ishni oxiriga etkazish imkoniga ega bo‘lib, jamoalarga muvaffaqiyat olib keldim. Menga ishongan klublar hamisha sovrinlar va yutuqlar bilan taqdirlangan.
Oxirida "Bayer Leverkuzen" muxlislariga samimiyligi va mehri uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Jamoa va klub xodimlariga qolgan mavsumda omad va muvaffaqiyat tilayman",– dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar