
Erik ten Xag sobiq sardorni jamoadan haydayapti
Brunu Fernandeshdan avval “Manchester Yunayted”ga sardorlik qilgan Angliya terma jamoasi himoyachisi Harri Maguayr jamoaga kerak bo‘lmay qoldi.
Daily Star nashrining ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Erik ten Xag bu futbolchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
Niderlandiyalik mutaxassis 31 yoshli himoyachi uning talablariga to‘g‘ri kelmayotganini ta’kidlamoqda.
Klub rahbariyati shu bois qimmatga olingan o‘yinchini qishki transferlar vaqtida 11 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Manchesterliklar Maguayrni 2019 yili “Lester”dan 87 million evroga transfer qilgandi. Uning shartnomasi yozda tugaydi. Klub futbolchini qishda sotib yuborib, ozgina bo‘lsa ham mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgan.
Fikrlar