
Erik ten Xag Ronaldu masalasiga nuqta qo‘ydi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarga barham berdi.
- Ronalduning kelajagi aniq. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Jamoa har bir uchrashuvda barqaror o‘yin ko‘rsatishi uchun ana shunday o‘yinchilar ko‘p bo‘lishi kerak. Aaron Van-Bissaka ham qoladi. Bu tarkib eng kamida yanvargacha o‘zgarmaydi, - dedi Erik ten Xag.
Krishtianu Ronaldu anchadan beri Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi.
Manchesterlik futbolchilarning aksariyati portugaliyalik yulduzning ketishidan xursand ekanini yashirmagan.
Fikrlar