Erik ten Xag Ronaldu haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

  • 19 avgust, 2022, 18:24
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tish istagiga qaramay, uni jamoada saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqida mutaxassis shunday deydi:

Tecno

“Yana takrorlayman: Ronaldu bizning rejalarimizga kiritilgan. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa shu. Nega “Brentford”ga yutqazganimizdan so‘ng u OAV diqqat markazida bo‘lganini tushunmayapman. Ronaldu jamoaning bir qismi ekanligi rost, lekin bu mag‘lubiyatda uning aybi yo‘q”, - deydi Ten Xag matbuot anjumanida.

Avvalroq, “Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Krishtianuning "qizil iblislar" bilan amaldagi kelishuvi bir yildan so‘ng yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!