Erik ten Xag Manchesterdan millioner bo‘lib ketadi

  • 29 oktabr, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning natijalari qoniqarsiz holatga kelgani bois bosh murabbiy Erik ten Xagni iste’foga chiqardi.

Tecno

Klub yozda niderlandiyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomani 2026 yilning yarmigacha uzaytirgan edi.

Endi manchesterliklar bitimni bir tomonlama bekor qilgani bois Erik ten Xagga kompensatsiya to‘lashi talab etiladi.

The Athletic nashri angliyaliklar ishdan olingan murabbiyga 20 million funt atrofida badal to‘lashi lozimligi haqida ma’lumot tarqatdi.

Erik ten Xag Manchesterga 2022 yilning aprelida olib kelingan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Liga kubogi va Angliya kubogida g‘olib chiqdi. Biroq umumiy natijalar rahbariyat va muxlislar kutgan talablarga mos bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!