
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”da tanish-bilish qilyaptimi?
“Manchester Yunayted”ning ayrim o‘yinchilari bosh murabbiy Erik ten Xagning ish uslubidan norozi ekani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.
Daily Mail nashri futbolchilarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlandi.
Unga ko‘ra, manchesterliklar niderlandiyalik mutaxassisning tarkibni tez-tez o‘gartirayotganidan norozi bo‘lmoqda. Ular muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish orqali optimal sport formalarini tezroq tiklab olishga umid qilyapti.
Erik ten Xag esa, futbolchilarda kuchli charchoq alomatlari yuzaga kelayotgani bois rotatsiyaga qo‘l urayotganini ta’kidlamoqda.
54 yoshli niderlandiyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni 2022 yilning yozidan beri boshqarmoqda. Keyingi paytda salbiy natijalar tufayli uning ishdan olinishi haqida xabarlar ko‘payib qoldi.
Fikrlar