
Erik Dayer Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Erik Dayer 25 mart kuni Evro-2020 saralashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Chernogoriyaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt aytib o‘tdi.
“Dayer klubiga qaytadi. U keyingi o‘yinda bizga yordam bera olmaydi. Umid qilamanki uning jarohati jiddiy emas.”, - deydi Sautgeyt.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" futbolchisi kecha Chexiyaga (5:0) qarshi bahsning 17-daqiqasidayoq jarohat olgan va maydonni tark etgan edi.
Fikrlar