
Eplasang hayda! “Jenoa” yulduzining “Ferrari” mashinasi pachoq bo‘ldi (foto)
“Jenoa”ning mashhur darvozaboni Federiko Markettining “Ferrari” rusumli qimmatbaho mashinasini pachoq bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mashina yuvish xizmati xodimi avtomobilni sport markaziga etkazib berish chog‘ida avariyaga uchragan. U burilish vaqtida boshqaruvni eplay olmasdan, to‘siqqa urilgan. Keyin “Ferrari” qarama-qarshi tomonda turgan yana beshta amtomobilga ham shikast etkazgan.
Narxi 100 ming evro bo‘lgan Ferrari 812 Superfast rusumli mashina jiddiy zararlandi.
Fikrlar