Eng yaxshi markaziy hujumchi e’lon qilindi. U Mbappe ham, Xoland ham emas

  • 27 fevral, 19:55
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Four Four Two" nashri hozirgi paytdagi eng yaxshi hujumchilar reytingini tuzib chiqdi. Mazkur ro‘yxat faqatgina markaziy hujumchilardan tuzildi, qanot hujumchilari hisobga olinmadi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan "Bavariya" hujum chizig‘ining eng oldingi chizig‘ida harakat qilayotgan va muntazam ravishda gol urib kelayotgan Xarri Keyn joy oldi. Ikkinchi o‘rinni ajoyib mavsum o‘tkazayotgan "Nyukasl" forvardi Aleksandr Isak egalladi. Kuchli uchlikni "Barselona"ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski yakunlab berdi.

Keyingi o‘rinlarda Erling Xoland, Kilian Mbappe, Viktor Dyokeresh, Lautaro Martines, Viktor Osimxen, Xulian Alvares va Olli Uotkins joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
27/02/2025 21:13
Кейн, Мбоппе. Холланд. Учлик шулардан иборат
28/02/2025 06:34
Seni Futbol tushinmaydigan Yiban do'sting