
Eng engil vazndagi dzyudochilarimiz mag‘lubiyatsiz ketishmoqda
Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi start oldi. Reglamentga ko‘ra, musobaqaning birinchi kunida engil vazn toifasidagi dzyudochilar bahs olib borishmoqda.
Ayni paytga kelib, birinchi va ikkinchi davra bellashuvlari ortda qoldi. Unda -60 kilogramm vazn toifasida harakat qilayotgan polvonlarimiz Doston Ro‘ziev hamda Kerman Nurillaev mag‘lubiyatsiz ketishyapti. Afsuski, Shahram Ahadov (-66 kg) dastlabki bosqichda slovakiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Uchinchi davrada Ro‘ziev mo‘g‘ulistonlik Boldbatar Ganbat bilan kuch sinashsa, Nurillaev bolgariyalik Yanislav Garchev bilan hisob-kitob qiladi.
Fikrlar
Ютди ва ярим финалга