
Endi Ronalduning ismi Pele va Pushkash bilan bir qatorda tilga olinadi
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu kecha Evro-2020 saralashi doirasida Ukrainaga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda Portugaliya terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, bu 34 yoshli futbolchi uchun professional faoliyatidagi 700-gol bo‘ldi. Shu tariqa u futbol tarixida 700 talik dovondan oshgan 6-futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, bundan avval Romario, Pele, Yozef Bitsan, Gerd Myuller va Ferents Pushkashlar 700 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.
Fikrlar