Endi "Arsenal"ning nishonida "Barselona" futbolchisi turibdi

  • 15 yanvar, 2023, 23:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" Mixail Mudrikning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, "Barselona"dan Rafinyani sotib olmoqchi.

Tecno

"Evening Standard" nashri jurnalisti Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, "Chelsi" Mixail Mudrikni tortib olganidan so‘ng, "Arsenal" sport direktori Edu Gaspar braziliyalik futbolchining agenti bilan bog‘lanib, futbolchining qishda "Barselona"dan ketishi mumkinligini muhokama qilgan.

O‘tgan yozda "Chelsi" ham, "Arsenal" ham o‘sha paytda "Lids"da o‘ynagan Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qildi. Ammo futbolchi "Barselona"ga o‘tishni tanladi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi "Barsa" safida barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!