
Emiliano Martinesga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda
"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines Angliya premer-ligasining grand klublari radarida. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, argentinalik darvozabonga yangi posbon izlayotgan “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublariga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Martines va bosh murabbiyi Unai Emeri o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani, shu sabab argentinalik Emiliano jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. "Chelsi" va "Manchester Yunayted" 30 yoshli "devor"ni qishdan beri, aniqrog‘i, Argentina terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan beri kuzatib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Martines bir necha yil davomida Londonning "Arsenal" jamoasi ro‘yxatida edi. "Aston Villa" o‘z futbolchisi uchun qancha talab qilishi hozircha noma’lum.
Fikrlar