
Emeri: "Jaka kechirim so‘rashi kerak"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri Granit Jaka "to‘pchilar" muhlislaridan uzr so‘rashi kerak ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, APL 10 turi "kanonirlar" bahsining 61 daqiqasida almashtirilayotgan pallada muhlislar bilan qo‘pol harakatlar orqali muaomilada bo‘lgan edi.
"U umumiy guruhda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlardagi harakati qoniqarsiz ahvolda, chunki bo‘lib o‘tgan ishlar unga qattiq ta’sir qildi.
Xar bir futbolchiga muhlislarning ko‘magi, ularning qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.
Jaka hato qildi, shunday ekan u muhlislardan qilgan ishi uchun uzr so‘rashi zarur," - deya aytib o‘tdi Emeri.
Shuningdek bosh murabbiy Jakada sardorlik bog‘ichi saqlab qolinadimi degan savolni ochiqligicha qoldirdi.
Fikrlar