Elit Chempionlar Ligasi 1-tur. "Paxtakor" - "Al Vasl" o‘yiniga prevyu

  • 17 sentabr, 2024, 12:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" JAR stadionida Elit chempionlar ligasida ilk o‘yinini BAAning "Al Vasl" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa matbuot hizmati mazkur o‘yin oldidan qiziqarli statistikani keltirib o‘tdi.

"Hozirgacha ushbu klub bilan Osiyo klublari musobaqalarida to‘qnash kelmaganmiz. Mazkur bahs jamoalar o‘rtasidagi birinchi bellashuvga aylanadi. "Al Vasl" o‘tgan mavsum BAA chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. 

Tecno

 Chempionlar Ligasida "Paxtakor" BAA jamoalariga qarshi 23 uchrashuvda maydonga tushgan. Shuncha bellashuvning 13tasida "sherlar" g‘alaba qozongan. 5ta o‘yinda durang va 5 bahsda raqiblar muvaffaqiyati kuzatilgan. 36 to‘p kiritgan jamoamiz o‘z darvozasidan 25 gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tgan 10 bahsning 6tasida jamoamiz zafar quchgan. Bir durang va uch mag‘lubiyat qayd etilgan. BAAdagi 12 bahsda ham "Paxtakor" ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etgan: 7 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat.

"Sherlar" hozirga qadar BAA klublaridan "Al-Ahli", "Al-Vahda", "Al-Ayn", "Baniyas", "Al-Shabab", "Al-Jazira", "Al-Nasr Dubay", "Shabab Al- Ahli" va "Sharja" klublariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan" .

O‘zaro o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
"Al Ahli": 3:2, 1:0, 2:0, 2:1
"Al Vahda": 4:0, 1:1
 "Al Ayn": 1:0, 3:2, 0:1, 1:1, 0:3, 3:1
 "Baniyas": 1:1, 0:2
 "Al Shabab": 1:0, 1:2
 "Al Jazira": 3:1, 3:0
 "Al Nasr Dubay": 2:1
 "Shabab Al Ahli": 2:1, 0:0
 "Sharja": 1:4, 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!