
Eldor Shomurodov: Bahona qilmoqchi emasman...
Ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Iroqqa qarshi o‘tkazgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin "oq bo‘rilar" etakchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Raqibning vaqt cho‘zishi biz uchun yangilik emasdi. Arab jamoalariga qarshi o‘yinlarda bunday holatga tez-tez duch kelamiz. Bunga tayyor turishimiz lozim. Sababi, Saudiyaga qarshi o‘yinda bu kabi vaziyat uchrashi mumkin.
Bilaman, mendan ko‘p narsa kutishmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmaslikka kelsak, bahona qilmoqchi emasman. Xudo xohlasa, rasmiy o‘yinlarda o‘zimning eng yaxshi formamni namoyish etaman".
-Bilamizki, siz "Jenoa"da hujumchi ortida harakat qilmoqdasiz. Bu vaziyatlardan foydalanishda pand bermaydimi?
"Menimcha, buning juda katta ahamiyati yo‘q.Nima bo‘lishidan qat’i nazar, men gol urishim lozim va oldimizda turgan muhim uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilaman",-deya Shomurodov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda SPORTS.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.
Fikrlar