Eldor Shomurodov, nihoyat, gol urdi. Uning "quruq" seriyasi nechtaga etganini bilasizmi?

  • 24 aprel, 2021, 20:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 33-turida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi o‘z maydonida "Spetsiya"ni qabul qildi. Turnir jadvali nuqtayi nazaridan o‘ta muhim bo‘lgan bahsda genuyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, xavfli zonadan uzoqlashib oldilar. 

Tecno

E’tiborlisi, uchrashuvda kiritilgan ikkinchi golga zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eldor Shomurodov mualliflik qildi. 

Shu tariqa, o‘zbek hujumchisining "Jenoa" safidagi 9 ta o‘yindan iborat golsiz seriyasi barham topdi. U so‘nggi bor A Seriya 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Verona"g qarshi bellashuvda raqib darvozasiga yo‘l topgandi. Eldor umumiy hisobda ushbu 9 o‘yinda 361 daqiqa o‘ynagan. Bu atigi 4 ta match vaqtiga teng, demakdir. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!