
"El klasiko"ni Davron Fayziev sharhlamaydi, nega?
Xabaringiz bor, 18 dekabr kuni Ispaniya chempionati 10-turidan qoldirilgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinni "Futbol TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Uchrashuvni Xayrulla Hamidov va Hasan Turdaliev sharhlab boradi. Ruscha talqinida esa Konstantin Genich va Georgiy Cherdantsev sharhlab boradi.
Avvalroq uchrashuvni Davron Fayziev sharhlashi kutilgandi. Lekin Davron Fayziev ayni paytda Qatarda xizmat safarida bo‘lgani uchun bellashuv sharhlovchisi o‘zgardi. Bu haqda Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘yin Toshkent vaqti bilan 18 dekabr kuni 00:00da start oladi.
Fikrlar