
Eh, Beyl nimalar qilyapsan?
“Real”ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon hujumchi Garet Beyl atrofida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.
- Bu juda qayg‘uli. Shunday zo‘r o‘yinchini maydondan tashqarida ko‘rish alam qiladi. Men uning mahorati va iste’dodi yo‘q bo‘lib ketmaganiga aminman. U hamon dunyoning istalgan klubida yuqori saviyada o‘ynay oladigan yaxshi hujumchi.
Har ikki tomon manfaati uchun ular o‘zaro echim topishi kerk. Zidan maqsadiga erishdi va chempionlikka sazovor bo‘ldi. U jamoada qoladi. Shuning uchun Garet Beyl asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Eng yomoni, Beyl yana ikki yil klub bilan bog‘langan. Menimcha, uni ijaraga berib yuborishadi. Garet vaqtini bekorga sovuryapti, - dedi Kalderon.
31 yoshli Beyl yakunlangan mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita gol urishga erishdi.
Fikrlar