Eddi Xau: "Vaziyat juda murakkab, lekin men Isakni yana "Nyukasl" libosida ko‘rishni istayman"

  • 2 avgust, 17:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau hujumchi Aleksandr Isa kfaoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

Tecno

"Aslida men uning qaerdaligini OAV orqali bilaman. Shu nuqtai nazardan men tafsilotlarga kirishishim qiyin. Vaziyat idealdan yiroq va ancha murakkab.

Juma kuni menga uning transferi bo‘yicha taklif kelganini aytishdi, lekin buni bilmasimdan taklifni rad etishibdi. Angliyadagi odamlar vaziyatni tushunishadi. Keyin nima bo‘lishini bilmayman. O‘z nuqtai nazarimizdan, biz hamon Aleksni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayapmiz va men uni yana "Nyukasl" libosida ko‘rishni istardim.

Biz faqat voqelik bilan ish ko‘rishimiz mumkin. Haqiqat shundaki, bizda "Liverpul"dan birinchi taklif bo‘ldi va menimcha, u rad etildi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Futbolchilarni imzolash har doim qiyin kechadi. Biz shunchaki o‘zimiz to‘g‘ri deb bilgan ishni qilishga harakat qilamiz. Boshqa klublar haqida gapira olmayman, buni men hal qilmayman", - deya Xauning so‘zlarini keltirdi Daily Mail.

Avvalroq, "Liverpul" Isak uchun "Nyukasl"ga 120 million funtlik (138 million evro) taklifi rad etilgan edi.

"Nyukasl" Isak bilan kelasi yozda ketish bandini o‘z ichiga olgan yaxshilangan shartnoma tuzishga harakat qildi va uni jamoadoshlari orqali qolishga ko‘ndirdi, ammo futbolchi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi. Isak yozda "Nyukasl"ni tark etmoqchi va o‘zining sobiq jamoasi "Real Sosedad"da mashg‘ulot o‘tkazmoqda, Eddi Xau jamoasi esa Janubiy Koreyada Osiyo bo‘ylab mavsumoldi safarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!