
EChLdagi o‘yin oldidan MYuning 2 etakchisi safdan chiqdi
Evropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan bahsni "Manchester Yunayted" o‘z maydonida o‘tkazadi. Mankuniyaliklarga "Vilyarreal" raqiblik qiladi.
Mazkur bellashuv oldidan "qizil iblislar"ning ikki etakchi himoyachisi safdan chiqdi. Ma’lumotlarga qaraganda, Xarri Maguayr hamda Lyuk Shou EChL doirasidagi muhim bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Har ikki futbolchi APL so‘nggi turida "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib, birinchi bo‘limdayoq safdan chiqqan edi. Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning ma’lum qilishicha, Maguayr taxminan 2 hafta maydonga tusha olmaydi. Shou esa, nisbatan tezroq safga qaytishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘tgan mavsum Evropa ligasi finalida to‘qnash kelgan va unda "Vilyarreal" penaltilar seriyasida 11:10 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar