
EChL. "Real"ning "Braga"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
Ertaga Evropa chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari davom ettiriladi.
Madridning "Real" klubi bu safar "Santyago Bernabeu"da Portugaliyaning "Braga" jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs uchun "qirollik klubi"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Arda Gyuler ham tarkibga kiritildi va katta ehtimol bilan ertaga debyut qiladi.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" 3 o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan "S" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Braga" esa 3 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar