
EChL. "Real" co‘nggi soniyalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
EChL 4-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" - "Real" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Aleksandr Zubkov 46-daqiqada hisobni ochdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Ryudiger muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 5 taga etkazib olgan ukrainaliklar guruhda 3-o‘rinda bormoqda. 10 ochkosi bor "qaymoqranglilar" ayni vaqtda "F" guruhi peshqadami hisoblanadi.
Fikrlar