
EChL: Oldinda pley-off. Klublar qaysi savatchadan joy olishdi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga etdi, endi 14 dekabr, dushanba kuni Shvetsariyaning Non shahrida nimchorak final juftliklarini aniqlash uchun qur’a tashlanadi.
Umumiy 8 ta guruhda ikkitadan jamoa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular mos ravishda ikkita savatchadan joy olishdi. Turnir reglamentiga ko‘ra, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar 1-savatchadan, ikkinchi o‘rinni olgan klublar esa 2-savatchadan joy olishdi.
1-savatcha: "Bavariya", "Real", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Borussiya Dortmund", "Yuventus", PSJ;
2-savatcha: "Atletiko Madrid", "Borussiya Myunxengladbax", "Portu", "Sevilya", "Atalanta", "Latsio", "Barselona", "RB Leyptsig".
Guruh bosqichida Angliyadan uchta, Ispaniyadan to‘rtta, Germaniyadan to‘rtta, Italiyadan uchta, Portugaliya va Frantsiyadan bittadan klub pley-offga yo‘l olishdi.
Fikrlar