
EChL. "Bavariya" "Viktoriya"ni "sochib tashladi"
UEFA Chempionlar ligasi "S" guruhi 3-turi doirasidagi "Bavariya" - "Viktoriya" o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bahsda myunxenliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi hisob 7-daqiqada ochildi. Leroy Sane gol urib, "nemis mashinasi"ning dastlabki goliga mualliflik qildi. 13-daqiqaga kelib, Serj Gnabri natijani 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 21-daqiqada Sadio Mane hisobni yanada yiriklashtirdi - 3:0.
Ikkinchi bo‘lim boshida Leroy Sane gol urib dublni rasmiylashtirdi - 4:0. Oradan biroz vaqt o‘tib, aniqorog‘i Shupo-Moting "Bavariya"ning 5-goliga mualliflik qildi. Mazkur hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va nemis klubi 9 ochko to‘plagan holda guruhda yakka peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar