Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi 10 davlat orasida 1-o‘rinni egalladi!
Qozog‘istonning Aktau shahri mezbonlik qilgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) taqvimidan o‘rin olgan turnir o‘z yakuniga etdi.
Ikki kun davomida dunyoning o‘nta davlati vakillari ishtirokida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush, 15 ta bronza medali bilan 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 3 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan ozarbayjonlik dzyudochilar kuchli uchlikka yakun yasashdi.
Shohsupaga ko‘tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva
-63 kg: Marjona Nurulloeva
-78 kg: Shinar Ibraeva
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov
Kumush:
-73 kg: Obidxon Nomonov
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: Zufar O‘rolov
Bronza:
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
+78 kg: Durdona Nizomaddinova
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Ulug‘bek O‘roqov
+100 kg: Abdulla Xudoyorov
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar